Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yaqin kelajakda bir necha qavatli to‘qqizta avtomobil to‘xtash joyi barpo etiladi. Bu haqda Chilonzor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Sayfulla Ahmedov ma’lumotiga tayanib, Podrobno.uz xabar bermoqda.
“Avtomobil to‘xtash joylaridan biri ‘Chilonzor’ bozori yonida quriladi. Bugungi kunda mazkur to‘xtash joyining tayyorlik darajasi 80 foizga teng.
Yana bir avtomobil to‘xtash joyi G‘afur G‘ulom bog‘i yaqinidagi Amerikaning O‘zbekistondagi sobiq elchixonasi o‘rnida, yana biri esa ‘Abu Saxiy’ bozori yaqinida quriladi. To‘xtash joylarining barchasi loyihadan kelib chiqib, kamida besh qavatdan ko‘pi bilan yetti qavatgacha bo‘ladi”, — dedi Sayfulla Ahmedov.
Izoh (0)