Kuni kecha Navoiy viloyatidagi oltintoparlar shahri hisoblangan Zarafshonda 40 ta xonadonga mo‘ljallangan yangi ko‘p qavatli uy-joy foydalanishga topshirildi, deb xabar bermoqda “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan mazkur uyning qurib bitkazilishi bilan shaharda 14-kichik tuman tashkil etilgani rasman e’lon qilindi.
Yangi uyda 20 ta ikki xonali va shuncha uch xonali kvartira mavjud bo‘lib, ular, asosan, konchilik tizimida ko‘p yillardan buyon mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarga berildi.
Izoh (0)