G‘arbiy Afrikada joylashgan Burkina-Faso prezidenti Blez Kompaore favqulodda holatni bekor qilib, muxolifat bilan hukumatni topshirish haqidagi muzokaraga tayyor ekanligini ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.
Prezidentning bu haqdagi bayonoti davlat telekanallarida 30-oktabr kuni kechasi namoyish etildi. Avvalroq Kompaore mamlakatda favqulodda holat e’lon qilgan, chunki muxolifat kuchlari 1987-yildan buyon hokimiyatni egallab kelayotgan prezidentning yana hukumat tepasida qolishiga qarshi chiqib, ommaviy namoyish o‘tkazgan edi.
O’tgan haftada Burkina-Faso hukumati konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritib, amaldagi prezidentga saylovlarda qatnashish huquqini beruvchi referendum o‘tkazish maqsadini ma’lum qilgan edi. Biroq, poytaxt Uagadugu va boshqa shaharlarda bo‘lib o‘tgan ommaviy namoyishlar tufayli referendum bekor qilingan.
Izoh (0)