Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun Shvetsiya Falastinni davlat sifatida rasman tan olganidan xabardorligi, lekin bu har bir davlatning mustaqil ishi ekanligi vajidan unga izoh bermasligi ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Davlatlarni tan olish masalasi BMTga a’zo davlatlarning o‘zi hal qiladigan ish ekanligi to‘g‘risidagi pozitsiyani Bosh kotibning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik jurnalistlarga ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil 30-oktabr kuni Falastinni davlat sifatida tan olgan Shvetsiya bu ishni Yevropa Ittifoqi tarkibidaligida amalga oshirish bo‘yicha birinchi bo‘ldi. Biroq hozirda Yevropa Ittifoqi a’zosi hisoblanadigan davlatlardan Bolgariya, Ruminiya, Polsha, Kipr, Malta, Chexiya va Vengriya 1980-yillar oxirida Falastinni tan olgan. Butun dunyo bo‘ylab esa Falastinni davlat sifatida rasman tan olgan mamlakatlar soni 134 taga yetdi.
Izoh (0)