Amerikalik 12 yoshli Lendon Jons ismli bola bir yil ovqatlanmasdan yashab, shifokorlarni qiyin ahvolga solib qo‘ydi, deya xabar berdi Vesti.ru.
Lendon oxigi marta 2013-yil oktabrida pitssa va muzqaymoq iste’mol qilganidan beri hech narsa yemaydi. Mahsulotlar hidini sezsa-da, ochlik va chanqoqlikni his qilmaydi.
Velosipedda sayr qilish va do‘stlari bilan bog‘da o‘ynashni yoqtirgan serharakat bolaning hozirda 24 soat davomida boshi aylanib, ko‘ngli ayniydi. Uning ota-onasi bolani davolash uchun AQShning turli shtatlaridagi 5 ta klinikaga bordi, hatto bir kasalxonadan 4 ming dollar qarz ham bo‘lib qoldi. Lekin bolani davolashning iloji topilmadi.
“Biz bolani sinchiklab o‘rgandik, biroq aniq bir tashxis qo‘ya olmadik”, — deb ta’kidladi 33 yillik malakaga ega bolalar nevropatologi Mark Patterson.
Izoh (0)