Samsung kompaniyasi 2014-yilning uchinchi choragi yakunlarini e’lon qildi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Kompaniya uchinchi chorakda ikkinchi chorakka nisbatan ko‘proq smartfon sotgan bo‘lsa-da, smartfonlar savdosidan 26,08 milliard dollar daromad ko‘rdi. Bu esa joriy yilning ikkinchi choragida ko‘rilgan daromaddan 15 foizga kam. Samsung 2013-yilning uchinchi choragida esa faqatgina smartfonlar sotuvidan 33,87 milliard dollar daromad ko‘rgan edi.
Mutaxassislarning fikricha, kompaniya daromadining pasayishiga Note 4 smartfoni o‘tgan yilda taqdim etilgan Note 3 kabi yaxshi sotilmayotgani va Xiaomi hamda boshqa Xitoy kompaniyalari Samsung uchun qiyin davrlarni olib kelayotgani sabab bo‘lmoqda.
Izoh (0)