O‘zbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyida 30-oktabr kuni Janubiy Koreyaning Incheon shahrida 18—26-oktabr kunlari o‘tkazilgan ParaOsiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Gazeta.uz.
Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi bergan xabarga ko‘ra, sportchilar va ularning murabbiylari pul mukofotlari bilan taqdirlangan.
Marosimda bosh vazir Shavkat Mirziyoyev, Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbari Mirabror Usmonov, Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari Murod Aliyev, Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi raisi Asadulla Salimov va boshqalar ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, ParaOsiyo o‘yinlarida ishtirok etgan 27 nafar sportchimiz 22 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza jami 31 ta medalga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida 41 davlat orasida faxrli 5-o‘rinni egalladi.
Izoh (0)