Samsung kompaniyasi Janubiy Koreyada Galaxy Note Edge botiq displeyli planshetofonini sotishni boshladi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Avvalroq Galaxy Note Edge planshetofoni Yaponiyada sotila boshlangan edi. Hozirda Note Edge’ni Janubiy Koreyada 1016 dollardan xarid qilish mumkin.
Ushbu gadjetda 5,6 dyuymli displey, Snapdragon 805 protsssori, Adreno 420 videokartasi, 3 Gb tezkor xotira, 3000 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatilgan. Note Edge ikkita displeyli planshetofon bo‘lib, uning ikkinchi displeyi botiq ko‘rinishda. U Note 4 bilan bir vaqtda taqdim etilgan, ammo uning botiq displeyini ishlab chiqarishdagi qiyinchiliklar tufayli sotuvi biroz kechiktirildi.
Note Edge planshetofonining botiq displeyi qanday imkoniyatlarga ega ekanligini “Parol” nashrining ushbu maqolasida o‘qisangiz bo‘ladi.
Izoh (0)