Isroil Tashqi ishlar vazirligi Shvetsiya hukumatining Falastinni davlat sifatida tan olish to‘g‘risidagi qaroriga salbiy munosabat bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
30-oktabr, payshanba kuni Isroil TIV rahbari Avigdor Liberman tomonidan tarqatilgan bayonotida ta’kidlanishicha, Shvetsiyaning bu qarori terrorchilarning kuchayishiga xizmat qiladi.
“Bu ekstremizm unsurlari va falastinliklar yuritayotgan (Isroilni tan olishdan) bosh tortish siyosatini kuchaytiruvchi omadsiz qarordir”, — dedi TIV rahbari.
Avvalroq, Shvetsiya hukumati Falastinni davlat sifatida rasman tan olgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)