Kecha Moskva oblastidagi Noginsk shahridan tarkibida 50 ta mashina bo‘lgan avtokolonna Ukraina sharqiga yo‘l oldi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, yuk mashinalariga Donetsk va Lugansk infratuzilmalarini ta’mirlash uchun qurilish xom-ashyolar ortilgan.Biroq, Rossiya na Ukraina, na Qizil Xoch bilan gumanitar konvoy yuborish masalasida kelishmagani aytilmoqda. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi bu avtokolonnani to‘xtatib qola olmasligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)