Shri-Lanka janubi-sharqida sel kelishi oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan, yana 250 kishi bedarak yo‘qolgan, deb xabar bermoqda Associated Press.
Agentlik bergan xabarga ko‘ra, choy plantatsiyalari ishchilari istiqomat qiladigan 120 ta uy sel ostida qolgan. Qutqaruv ishlari uchun harbiylar jalb etilgan.
Shri-Lankada musson yomg‘irlari mavsumi sentabrdan dekabrgacha davom etadi. Muttasil musson yomg‘irlari kuchli loyqa oqimini keltirib chiqargan.
Izoh (0)