Rim-katolik cherkovi rahbari Papa Fransisk evolyutsiya va katta portlash nazariyalarini tan oldi. Bu haqda u Papalik Fanlar akademiyasida so‘zlagan nutqida ma’lum qilgan, deb xabar bermoqda Gazeta.ru.
“Hozirda dunyoning boshlanishi sifatida qaraladigan katta portlash Xudoning aralashuviga qarama-qarshi emas, balki unga muhtojdir. Tabiatdagi evolyutsiya tushunchasi yaratilishga zid emas, chunki evolyutsiya rivojlanadigan mavjudotlar yaratilishini talab qiladi”, − dedi Papa.
Dinshunoslarning ta’kidlashicha, Fransiskning fikrlari avvalgi Papa Benedikt XVIning g‘oyalariga butunlay teskari: u hayot paydo bo‘lishining ilmiy nazariyalarini yoqlamasligini va o‘zining diniy nazariya tarafdori ekanligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)