O‘zbekiston ingliz tili o‘qituvchilari uyushmasining Yosh yetakchilarni qo‘llab quvvatlash loyihasi – YLDP tomonidan 31-oktabr, juma kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston iftixori, taniqli FIFA referisi Ravshan Ermatov bilan uchrashuv o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Loyihaning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilinishicha, “Sardorlar suhbati” klubi doirasida bo‘lib o‘tadigan bu uchrashuv Ravshan Ermatovning o‘zbekistonlik yoshlar bilan ingliz tilida qilgan ilk ochiq muloqoti bo‘ladi.Uchrashuvda ishtirok etish istagida bo‘lgan ingliz tilini biladigan faol yoshlar 30-oktabrga qadar YLDP markaziga qo‘ng‘iroq qilib ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.
Ishtirokchilardan tadbirga fuqarolik pasporti yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bilan (16 yoshga to‘lmaganlar uchun) kelishlari so‘ralgan.
Izoh (0)