Braziliya janubi-sharqidagi San Paulo shahrida harakatlanayotgan maktab avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchradi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan, kamida 20 nafar kishi jarohatlangan. Agence France-Presse agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, avtobus o‘quvchilarni ekskursiyaga olib ketayotgan bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi sabablari ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)