AQSh prezidenti Barak Obama Vashington Ukrainaga Qrimni qaytarishda yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Yevropeyskaya Pravda” xabar bermoqda.
“AQSh Ukraina xalqining tanlovini va yangi hukumatni mamlakatda demokratik rivojlanish, huquq-tartibotni mustahkamlash, iqtisodiy barqarorlik va o‘sishni ta’minlash uchun kerakli islohotlarni o‘tkazishda qo‘llab-quvvatlashga tayyor. AQSh Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llashda, mamlakat sharqidagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish va Qrimni qaytarish bo‘yicha ishlashda davom etadi”, − dedi Obama.
Shuningdek, AQSh prezidenti Donbass aholisi Ukraina qonunchiligi bo‘yicha xalq vakillarini saylay olishi uchun Rossiyani Ukraina sharqidagi “gumashtalari”ga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi.
Izoh (0)