Fransiya madaniyat vaziri Flyor Pellerin ikki yildan buyon bitta ham kitob o‘qimaganligini tan olganidan so‘ng tanqidga uchradi. Bu haqda Korrespondent.net xabar berdi.
Vazir intervyu davomida Nobel mukofoti nomzodi Patrik Modiano yozgan asarlaridan qaysi biri uning eng sevimli kitobi ekanligi haqidagi savolga: “Bu yozuvchining hech qaysi asarini o‘qimaganman”, — deb javob berdi.
Pellerin o‘zini oqlash uchun ishi uning butun kuchini olib qo‘yishi va badiiy adabiyot o‘qish uchun vaqti qolmasligini ta’kidladi.
Izoh (0)