Klublar va futbolchilarning statistik ma’lumotlarini yig‘ib boruvchi Yevropaning CIES Football Observatorie agentligi Yevropaning kuchli chempionatlariga eng ko‘p futbolchi yetishtirib beruvchi klublar nomini aniqladi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, Kataloniyaning “Barselona” klubi Yevropaning kuchli milliy chempionatlariga futbolchi yetishtirib berishda yetakchi deb topildi. Ayni paytda, “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchilari hisoblangan 43 nafar futbolchi Yevropaning kuchli chempionatlarida to‘p surmoqda.
Bu borada “Barselona”dan keyingi o‘rinda 36 futbolchi bilan Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bormoqda. Chempionatlarda ishtirok etuvchi “Real”ga tegishli futbolchilar esa 34 nafarni tashkil etib, klub mazkur reytingda uchinchi pog‘onani zabt etdi.
Izoh (0)