Rossiyaning Yekaterinburg shahrida 27-oktabr kuni ertalab bir erkak va bir ayol o‘zini granata yordamida portlatib yuborgan. Bu haqda LifeNews xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, juftlik bir kun oldin oqshomda Chapurin familiyali kishining uyiga mehmonga kelgan. Tunda ular ko‘ngilhushlik qilib, ertalab noma’lum sabablarga ko‘ra o‘zlarini portlatgan. Uy va uning egasiga zarar yetmagani ta’kidlangan. Hozirda uyni sapyorlar tekshirmoqda.
Huquqni muhofaza qilish organlari hodisa tafsilotlari, halok bo‘lganlarning shaxslari, portlatilgan granatalarning turlarini aniqlashga kirishgan. Voqeaga o‘z joniga qasd qilishdan tashqari portlatish uskunasiga nisbatan ehtiyotsiz muomalada bo‘lingani ham sabab bo‘lishi mumkinligi aytilgan.
Izoh (0)