O‘zbekistonda 2014-yilning yanvar-sentabr oylarida chet el kapitali ishitokida 325 ta yangi korxona ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalarning 222 tasi Toshkent shahri, 31 tasi Toshkent viloyati, 17 tasi Farg‘ona, 13 tasi Samarqand, 12 tasi Jizzax, 7 tasi Navoiy, 5 tasi Surxondaryo va yana 5 tasi Sirdayo viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Yangi korxonalarning 85 tasi Xitoy Xalq Respublikasi, 53 tasi Rossiya Federatsiyasi, 28 tasi Buyuk Britaniya, 22 tasi Turkiya Respublikasi, 27 tasi Koreya Respublikasi, 12 tasi Hindiston va 11 tasi Qozog‘iston kapitali ishtirokida tashkil etilgan.
171 ta korxona sanoat, 72 ta korxona savdo va umumiy ovqatlanish, korxonalarning 13 tasi qishloq xo‘jaligi, 10 tasi qurilish, 8 tasi transport va aloqa, 32 tasi boshqa ishlab chiqarish sohalarida, 16 tasi sog‘liqni saqlash, jismoniy madaniyat va sport sohalarida tuzilgan.
2014-yil 1-oktabr holatiga O‘zbekistonda chet el kapitali ishtirokida ro‘yxatdan o‘tkazilgan korxonalarning umumiy soni 4,9 mingga yetgan.
Izoh (0)