Latviya o‘z ittifoqdoshlarini Liepaya shahrida NATOning harbiy dengiz bazasi tashkil etilishi zarurligiga ishontirmoqchi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi vakili Yanis Sarts ma’lum qilgan, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
“Biz Liepayadagi bazamizni NATO kemalari muntazam kirib chiqa oladigan bazaga aylantirish ustida ishlayapmiz. Undan NATO Boltiq dengizidagi operatsiyalar uchun baza sifatida foydalana olishini maqsad qilganmiz”, − dedi u.Shuningdek, NATO Boltiq dengizida o‘z faoliyatini kengaytirishni istayotgani ma’lum qilingan. Masalan, ittifoqning minadan tozalash bo‘linmasi bu hududda ancha faollashadi. Biroq Latviya bundan ko‘ra kengroq rejalarni ilgari surmoqda.
Izoh (0)