Deutsche Bank’ning bosh yuristi Kalojero Gambino Nyu-Yorkda o‘z joniga qasd qildi. 20-oktabr kuni ayoli uni zina panjarasiga osilgan holda topdi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.
Germaniya bankida 11 yil boshqaruvchi direktor lavozimida faoliyat yuritgan huquqshunos 41 yoshda bo‘lgan. Gambino bankning Libor tayanch foiz stavkasi va valyuta bozorlaridagi nayranglari haqidagi muzokaralarda bevosita ishtirok etgan.
So‘nggi 2,5 yil ichida eng yirik nemis banki bu ish bo‘yicha 6,1 milliard yevro badal va jarima to‘lagan. Bu yilning uchinchi chorak hisobotida bank sud chiqimlariga ishlatilgan 894 million yevroni ham ko‘rsatishi kutilmoqda.
Bundan avvalroq Deutsche Bank boshqaruvchilaridan biri Uilyam Breksmi ham Londondagi uyida o‘z joniga qasd qilgan edi.
Izoh (0)