Braziliyaning amaldagi prezidenti Dilma Russef prezidentlik saylovlarida 51,45% ovoz bilan g‘olib bo‘ldi, deya xabar bermoqda Gazeta.ru Uol nashriga tayanib.
Uning raqibi, sotsial-demokratlar vakili Aesiu Nevis 2-turda 48,55% ovoz yig‘di. Avvalroq, muxolifat nomzodi bo‘lmish Nevis prezidentlik saylovlarida amaldagi prezident yutib chiqishini taxmin qilingan edi.
Sensus kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, 26-oktabrda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarining 2-turida saylovchilar Nevisga 54,6%, Russefga esa 45,4% ovoz bermoqchi edilar.
Izoh (0)