Hindistonda yorug‘likning zulmat ustidan, yaxshilikning yomonlik ustidan g‘alabasini ifodalovchi olovlar festivali – Divali yoki Dipavali deb ataladigan bayram boshlandi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Bayram Kartik oyi (oktabr-noyabr) boshlanishiga to‘g‘ri keladi va besh kun davom etadi. Divali olovlar festivali Hindistonning har xil hududlarida turlicha nishonlanishi bilan ham nom qozongan.
Mamlakatning ba’zi qismlarida Divali yangi yilning boshlanishiga to‘g‘ri keladi. Bu kunda savdogarlar o‘z rastalarini tartibga keltirib, hisob-kitob daftarlarini ko‘zdan kechiradilar. Do‘kon va uylar esa yog‘li chiroqlar bilan bezatiladi.
Izoh (0)