23-oktabr kuni Myanma davlati mezbonlik qilgan yoshlar (U-19) o‘rtasidagi Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”. Finalda Qatar yoshlari KXDR ustidan 1:0 hisobida g‘alabaga erishib chempion bo‘ldi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yarim finalga qadar yetib kelib JCh-2015 yo‘llanmasiga ega chiqqanidan xabaringiz bor.
Terma jamoamiz hujumchisi Zabihillo O‘rinboyev musobaqa davomida 5 ta gol urib to‘purarlardan biriga aylandi. Qatarlik Ahmad Al Saadi va KXDR vakili Jo Kvang Myong hisobida ham 5 tadan gol mavjud.
Ma’lumot uchun, 2012-yil BAAda bo‘lib o‘tgan yoshlar (U-19) o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 7 ta gol urgan Igor Sergeyev to‘purarga aylangan edi.
Izoh (0)