Peru hududidagi And tog‘larida, dengiz sathidan 4500 metr balandlikda ibtidoiy odamlarning turar-joy izlari topildi, deb xabar bermoqda Sience jurnali. Bu ibtidoiy odamlar yetib borgan eng yuqori joy hisoblanadi.
Olimlar eramizdan avvalgi o‘ninchi mingyillikka tegishli deb hisoblayotgan bunday qarorgohlarda kislorod miqdori kam, quyosh nurlanishi kuchli va harorat haddan tashqari sovuq bo‘lgan sharoitlarda ibtidoiy odamlar qanday yashay olgani hozircha aniqlanmagan.
Arxeologlar ikki manzilgohni o‘rgangan bo‘lib, Kunchayka g‘orida qurollar bilan birga devoriy suratlar ham topilgani sababli bu yerda yil bo‘yi odam yashagani xulosa qilingan. Pukuncho g‘orida esa lama ovi mavsumida odam yashaganidan dalolat beruvchi alomatlar topilgan.
Izoh (0)