O‘zbekistonlik mashhur gimnastikachi Anton Fokin sportdagi professional faoliyatini yakunlamoqda. Joriy mavsum Pekin — 2008 olimpiadasining bronza medali sovrindori uchun so‘ngisi bo‘ladi, deb xabar beradi “Olamsport”.
“Ha, bu mavsum men uchun sportchilik faoliyatimdagi so‘ngisi bo‘ladi. Lekin sportdan butunlay ketmayman. Murabbiylik faoliyatimni boshlayman. Aslida murabbiylikni bir muddat avval boshlab yuborgandim. Yangi mavsumdan meni to‘laqonli murabbiy sifatida ko‘rasiz.
Bugun Germaniyaga jo‘nab ketyapman. Men Germaniya klublaridan biri safida Bundesligada ishtirok etib kelaman. Bu safar Berlin yaqinida turnir bo‘lib o‘tadi.
Bundan buyon ko‘proq vaqtimni murabbiylikdagi faoliyatim va, albatta, oilam davrasida o‘tkazmoqchiman. Sportdagi faoliyatim mobaynida uyda kam bo‘lishga to‘g‘ri keldi. Ko‘p yillar davomida menga muxlislik qilgan hamyurtlarimizga minnatdorchilik bildiraman”, — dedi Anton Fokin.
Izoh (0)