Shu kunlarda Shveysariyaning Bazel shahrida tennis bo‘yicha yirik turnir davom etmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston vakili Denis Istomin kecha, 23-oktabr kuni turnirning birinchi raketkasi shveysariyalik Rojer Federerga qarshi kortga chiqdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Hozirgina ushbu bahs o‘z yakuniga yetdi. Dunyoning ikkinchi raketkasiga qarshi kechgan uchrashuvning birinchi setini Istomin 6:3 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. Ikkinchi setda tajribali Rojer xuddi shu hisobda zafar quchdi. Hal qiluvchi uchinchi setda o‘z muxlislari qarshisida o‘ynayotgan Federer 6:4 hisobida g‘olib chiqdi.
Shu tariqa, tennischilarning turli musobaqalardagi o‘zaro oltinchi to‘qnashuvida ham shveysariyalik raketka ustasining qo‘li baland keldi. E’tiborlisi, o‘tgan yili ham Bazeldagi turnirda Istomin aynan Federerga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etgandi.O‘shanda ham Denis birinchi setda g‘olib bo‘lgan edi.
2014. Ikkinchi bosqich. Bazel. Federer – Istomin 3:6 6:3 6:4
2013 1/16 bosqich. Bazel. Federer – Istomin 4:6 6:3 6:2
2013 1/64 bosqich. Hindiston. Federer – Istomin 6:2, 6:4
2012 1/16 bosqich. London. Olimpiada Federer – Istomin 7:5, 6:3
2010 1/32 bosqich. Sinsinnati. Federer – Istomin 5:2 (Istomin o‘yinni tugata olmagan)
2006 1/128 bosqich. Melburn. Federer – Istomin 6:2, 6:3, 6:2.
Izoh (0)