Avstriyaning Profil nashriyoti jurnalisti Sebastyan Xofer bir kunini Rossiyaning RT kanalini ko‘rish bilan o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Meduza.
Jurnalist ko‘rganlarini “RT dagi oddiy dahshatlar kuni”, − deb ta’rifladi. Yangiliklarda Kiyevda bo‘lib o‘tgan mitingdagi tartibsizliklar, yong‘in va suv toshqinlari, hamda Amerikada Ebola virusining tarqalishi va AQShning unga qarshi samarali kurasha olmayotganligi asosiy mavzu qilib ko‘rsatilgan.
Xofer ayrim ko‘rsatuvlar tarkibini misol qiladi. Kanalning boshlovchi va mehmonlari AQSh va Yevropadagi muammolar haqida so‘z yuritar ekan, RT’ning germaniyalik iqtisodiyot bo‘yicha ekspert Mixael Mross birinchidan, buning “fojea” ekanligini, ikkinchidan, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish kerakligini aytgan.
Izoh (0)