Ukraina hukumati mamlakat sobiq prezidenti Viktor Yanukovichga 2014-yil 26-oktabrga rejalashtirilgan parlament saylovida ovoz berish uchun taklifnoma jo‘natdi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Taklifnoma Yanukovich rasman ro‘yxatdan o‘tgan joy − Kiyevdagi Obolonskaya naberejnaya ko‘chasida joylashgan hashamatli uyining manzili bo‘yicha jo‘natilgan. Mas’ullar sobiq prezident qidiruvda bo‘lishiga qaramay, saylov huquqiga egaligi va agar istasa Kiyevga kelib ovoz berishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Ukraina Ichki ishlar vazirligi esa Yanukovichning saylovga taklif qilinishiga unga taklifnoma berilishi bilan qo‘lga olinishini aytib hazilomuz izoh bergan.
Izoh (0)