Braziliyalik futbolchi, pleymeyker Fabio de Lima Dubayning “Al-Vasl” klubida osiyolik futbolchi sifatida to‘p surmoqda. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
Eng qizig‘i, unga ko‘pchilik uchun odatiy tus bo‘lib qolgan Falastin emas, balki O‘zbekiston Respublikasi pasporti berilgan. BAA Futbol uyushmasi uni aynan o‘zbekistonlik futbolchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, Osiyo futbol Konfederatsiyasining “3+1” qoidasi bor. Ya’ni har bir klub, o‘z safida dunyoning turli mamlakatidan kelgan uch futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazadi. To‘rtinchisi esa aynan osiyolik futbolchi bo‘lishi kerak. Ya’ni har bir klubda “3+1” kvota berilgan bo‘lib, osiyolik o‘yinchi bilan ham shartnoma tuzishi mumkin.
Demak, braziyalik futbolchi osiyolik bo‘lmasa-da osiyolik sifatida o‘ynamoqda. Bu halol o‘yin, ya’ni “Feyr pley”ga ziddir. Birinchidan, bunday vaziyatlar osiyolik, xususan, o‘zbekistonlik futbolchilarning xorijga chiqish imkoniyatlarini so‘zsiz pasaytirib yuboradi.
Masalaning ikkinchi tomoni borki, unga qanday qilib O‘zbekiston pasporti berilgan? Bu masala osonlikcha hal bo‘lmaydi. Sportchilarning O‘zbekiston pasportiga ega bo‘lishi birinchi marta kuzatilmayapti. Masalan, osiyolik Vladimir Maminov, Oleg Pashinin, Polyakov va bir qator boshqa futbolchilar 2006-yilgi Jahon chempionati saralash o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasida ishtirok etgan edi.
Bu futbolchi esa pasporti bo‘lgani bilan O‘zbekiston terma jamoasiga jalb qilinmagan.
Izoh (0)