Rossiya gidrometeorologiya markazi yaqinlashayotgan qish Yevropada, jumladan Rossiyaning Yevropa qismida so‘nggi o‘n yildagidan ko‘ra sovuqroq bo‘lishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, qishki harorat o‘rtacha iqlimiy ko‘rsatkichlarga yaqin bo‘ladi. Lekin bunday ko‘rsatkich sifatida anchagina sovuq bo‘lgan 1961−1990-yillar orasidagi 30 yillik davrning harorati olingani sababli qish so‘nggi yillarda ko‘nikilganidan sovuqroq bo‘lishi aytilmoqda.
Kelayotgan qishda nisbatan issiq va keskin sovuq haroratning almashib turish holatlari ko‘p kuzatilishi kutilmoqda. Rossiyaning Yevropa qismiga, Sharqiy Yevropaga va hattoki G‘arbiy Yevropaga sovuq havo massalari Shimoliy Qutb ustida paydo bo‘ladigan antitsiklon hodisalar tufayli o‘tib borishi ma’lum qilingan.
Izoh (0)