O‘tgan hafta — 14—20-oktabr kunlari oralig‘ida O‘zbekistonda 230 ta yong‘in qayd etildi. Bu haqda 21-oktabr, seshanba kuni O‘zbekiston IIV matbuot xizmati bergan ma’lumotga tayanib, “Kun” xabar qilmoqda.
Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda besh nafar fuqaro kuyish tan jarohatini olgan va ikki kishi halok bo‘lgan.
Ushbu yong‘inlarda 1,029 million so‘m miqdoridagi qurilish materiallari va 835,619 million so‘m miqdoridagi moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.
Izoh (0)