Chikagolik erkak AQSh prezidenti Barak Obamadan uning qaylig‘iga tegmaslikni so‘radi. Bu haqda CNN telekanaliga asoslanib Gazeta.ru xabar bermoqda.
Obama Chikagodagi oraliq saylovda qatnashayotganda yonma-yon turgan qizning qaylig‘i yaqindan o‘tib ketayotib, “Janob prezident, mening qaylig‘imga tegmang”, − degan.
AQSh prezidenti shu zahotiyoq hazil bilan bunday qilishni rejalashtirmaganini aytgan va vaziyatdan foydalanib qizning yuzidan o‘pib olgan. Shundan keyin u yigit endi aniq rashk qilishini aytib kulgan.
Izoh (0)