Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi muallima xonadoniga noma’lum shaxs o‘g‘rilikka tushgani haqidagi ariza bilan militsiyaga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi.
Arizada ma’lum qilinishicha, noma’lum shaxs muallima xonadonidan besh turdagi sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida o‘g‘rilikni jabrlanuvchining sobiq o‘quvchisi sodir etganligi ayon bo‘ldi.
Hozirda mazkur hodisa bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)