Ispaniyalik hamshira Teresa Romero Ebola bezgagidan tuzaldi, deb xabar bermoqda Agence France-Pressega tayanib Gazeta.ru.
Avvalroq, Romero 14 kunlik inqiroz davrini boshidan kechirganligi ma’lum qilingan edi. Shundan so‘ng, uning tuzalib ketish ehtimoli ortdi.44 yoshli Teresa Romero kasallikni u ishlayotgan Karlos III shifoxonasida davolangan va bezgak tufayli 25-sentabrda vafot etgan ispaniyalik ruhoniydan yuqtirib olgan edi. Romero Yevropada Ebola bezgagi bilan kasallangan birinchi inson bo‘ldi.
Hozirda Teresa Romeroning turmush o‘rtog‘i ham kasallikni yuqtirib olgan yoki olmaganligini aniqlash maqsadida tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Uning kuchugi esa maxsus dorilar bilan uxlatib qo‘yildi.
Izoh (0)