Myanma davlatida davom etayotgan Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Bugun musobaqaning yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi. Finalning ikkita ishtirokchisi aniqlanadi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Dastlab, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Shimoliy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o‘yin ancha qiziqarli kechishi aniq. Sababi terma jamoamiz o‘z oldidagi dastlabki vazifani bajardi. Jahon chempionati yo‘llanmasi hal qilindi. Endilikda futbolchilar ortiqcha bosimsiz maydonda harakat qiladi.
Bugungi o‘yin oldidan terma jamoamizda bitta yo‘qotish bor. Himoyachi Akrom Komilov sariq kartochkalari yig‘ilib qolgani tufayli bugun maydonga tusha olmaydi. Qolgan barcha futbolchilardagi sariq kartochklar final oldidan kuyib ketadi. O‘zbekiston – KXDR termalari o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi.
Yarim finalning yana bir uchrashuvida musobaqa mezboni Myanma termasi Qatar bilan kuch sinashadi. Ushbu o‘yin Toshken vaqti bilan soat 17:00da bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)