Ikki kun davomida Toshkent shahridagi muhtasham “O‘zbekiston” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan Toshkent Gran-Prisi o‘z yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda Olamsport.com.
Dunyoning 41 davlatidan sara kurashchilar ishtirok etgan nufuzli musobaqada mezbon sifatida O‘zbekiston terma jamoasi dzyudochilari o‘rta bahoda ishtirok etdi.
Yakunda bitta oltin, ikkita kumush, uchta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi. Shuningdek, O‘zbekiston termasi to‘rtta 5-o‘rin, uchta 3-o‘ringa ham ega bo‘ldi.
Uchta oltin, shuncha kumush, to‘rta bronza medalini qo‘lga kiritgan Mo‘g‘uliston terma jamoasi birinchi bo‘ldi. Ikkita oltin medalga egalik qilgan Ruminiya terma jamoasi 2-o‘rinni band etdi. Isroil, Belgiya, Ukraina, Fransiya, Gresiya, Germaniya, Polsha va Misr terma jamoalari ham o‘z uyiga bitta oltin medal bilan qaytdi.
Kuchli hisoblangan Rossiya terma jamoasi bitta kumush, uchta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 13-pog‘ona bilan kifoyalandi. Umuman olganda, 27 ta terma jamoa delegatsiyalari Toshkentdan kamida bitta bronza medali bilan qaytadigan bo‘ldi.
Izoh (0)