Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tamakiga qarshi kurash konvensiyasi tomonlari konferensiyasi kotibiyati ishtirokchi davlatlarni elektron sigaretalar va boshqa tutunsiz tamaki mahsulotlarini taqiqlashga yoki ularning savdosi ustidan nazoratni kuchaytirishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Biz tomonlarni qaysi kategoriyaga kirishidan qat’i nazar tutunsiz tamaki mahsulotlarini taqiqlashga yoki ularni nazorat qilishga chaqiramiz. Bularning barchasi inson sog‘lig‘ini himoya qilish uchundir”, − dedi kotibiyat rahbari Kosta e Silva.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti konvensiyasi tomonlarining oltinchi konferensiyasi 2014-yil 13—18-oktabr kunlari Moskva shahrida bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada 195 davlatning mingdan ortiq vakili ishtirok etdi.
Izoh (0)