O‘zbekiston terma jamoasi FIFAning sentabr oyi uchun e’lon qilinadigan reytingida pastlaydi. Bunga sabab jamoaning ayni vaqtda to‘plagan ochkolari 530 tani tashkil etayotganidir, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
23-oktabr kuni e’lon qilinadigan reytingda O‘zbekiston terma jamoasi umumiy ochkolari soni 498 tagacha tushadi.
Ayni vaqtda 58-pog‘onani egallab turgan milliy terma jamoa ushbu oyda uchta nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Bir g‘alaba, bir mag‘lubiyat, bir durangdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi ochkolari 32 taga qisqaradi.
Shunga qaramay, O‘zbekiston terma jamoasini Janubiy Koreya quvib o‘ta olmaydi. Janubliklar hisobidagi ochkolar soni 496 taga yetadi. Ikki ochkolik farq bilan O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo mintaqasida kamida uchinchi pog‘onada bo‘ladi. O‘zbekistondan oldinda turgan Yaponiyada 559, Eronda 560 ochko bor.
Izoh (0)