Oslo universiteti huzuridagi Radiologiya klinikasi onkologlari rakni davolashning yangi usulini topgani uchun mukofotlandi. Kashfiyot ushbu kasallikni davolashni ancha soddalashtiradi va arzonlashtiradi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Norvegiyaning milliy Ideprisen mukofoti eng muhim innovatsiyalar uchun topshiriladi. Inven2 nomli ilmiy ishlarni tadbiq etuvchi kompaniya tomonidan 100 ming krona (15 ming dollar) miqdoridagi sovrin ham ajratilgan.
Bu yilgi mukofot sohiblari rakni immunoterapiya yordamida davolashni o‘ylab topgan. Bu rak kasalliklarini davolashning eng istiqbolli usuli bo‘lib, organizmning o‘z hujayralaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Kimyo va radioterapeyalardan farqli ravishda, ushbu usul sog‘lom hujayralarga zarar yetkazmaydi va bemor uchun ham ancha yengil kechadi.
Izoh (0)