Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun ekspertlarni G‘arbiy Afrikada tarqalib borayotgan Ebola virusini yo‘q qilish uchun yetarlicha chora ko‘rmayotganlikda ayblab, epidemiyaga qarshi kurashish uchun qancha mablag‘ ketishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
“Ebola – ortga surib bo‘lmaydigan ulkan global muammo bo‘lib, yirik va tezkor javob choralarini talab qiladi. Ko‘proq shifokorlar, hamshiralar, uskunalar, davolash markazlari va evakuatsiya vositalarini jalb qilish lozim. Men jahon hamjamiyatini 1 milliard dollar ajratishga chaqiraman, bu bizga birinchi dekabrga qadar virusning tarqalishini sekinlashtirishga erishish imkonini beradi”, − dedi Bosh kotib.
Eslatib o‘tamiz, Ebola bezgagi bilan hozirda dunyoda 8 mingdan ortiq kishi zararlangan bo‘lib, halok bo‘lganlar soni 4 mingdan oshgan. Virusologlar kasallik yaqin orada Afrikadan boshqa qit’alarga ham ko‘chishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Izoh (0)