AQSh prezidenti Barak Obama restoranda bank kartasi orqali pul to‘lay olmaganini ma’lum qildi. Bu haqda NBC’ga tayanib, Gazeta.ru xabar bermoqda.
Nashrda qayd etilishicha, mazkur voqea sentabr oyida Nyu-York shahrida o‘tgan BMT Bosh assambleyasi sessiyasi vaqtida sodir bo‘lgan.
“Men ofitsiant qizga kartochkam haqiqiy ekanligini tushuntirishga harakat qildim. Uni (bank kartasini) anchadan beri ishlatmayotganim uchun yopib qo‘yishgan bo‘lsa kerak. Bank esa mening hisobim bilan firibgarlik ro‘y bermoqda deb hisoblab, uni ochishni rad etdi”, — dedi Obama.
AQSh yetakchisi uning baxtiga yonida amal qilayotgan kartochkasi bo‘lgan Mishel Obama hisob-kitob qilganini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)