Belorussiya poytaxti Minsk shahrida tennis bo‘yicha ITF toifasiga kiruvchi turnir o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqaning yakkalik bahslarini muddatidan avval tark etgan o‘zbekistonlik tennischi Shonig‘mat Shofayziyev bor e’tiborini juftliklar musobaqasidagi ishtirokiga qaratgan.
Belorussiyalik Andrey Vasilevskiy bilan birinchi raqamli juftlikni hosil qilgan Shonig‘mat hal qiluvchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Yarim finalda ular mezbon raketka ustalari — Andrey Andryuxov hamda Ivan Latarevichni 6:3, 7:6(3) hisobida taslim etdi.
Finaldagi raqiblar litvalik Laurinas Grigelis hamda Lukas Mugivechius bo‘ladi. Bu tennischilar ikkinchi raqamli juftlik sifatida qayd etilgan.
Izoh (0)