Tailand poytaxti Bangkok shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollaridan iborat turnir o‘z yakuniga yetib boryapti, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
O‘zbekiston vakili Sabina Sharipova bu musobaqaning yakkalik bahsida ishtirok etib, ikkinchi davrada mag‘lubiyatga uchragan edi.
Juftliklar musobaqasida ukrainalik Aleksandra Korashvili bilan tandem hosil qilgan Sabina nisbatan muvaffaqiyatli qatnashdi. Ammo final chiptasi uchun kechgan bahsda Sabina va Aleksandra mezbon opa-singil tennischilar — Varatchaya hamda Varunya Vongteanchayga 1:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib, ishtiroklarini yakunladi.
Izoh (0)