Serbiya prezidenti Tomislav Nikolich Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinni Serbiya Respublikasining birinchi darajali ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Qadrli ukam Vladimir, Serbiya xalqi sening eng oliy Serbiya ordenini taqib yurganing bilan faxrlanadi”, — dedi Nikolich rus tilida.
Rossiya yetakchisi esa Nikolichga bunday oliy mukofot uchun tashakkur bildirdi. “O‘ylashimcha, men bu mukofotga loyiq ish qilmadim”, — deya Putin ordenni Rossiya va rus xalqiga nisbatan ehtirom belgisi deb qabul qilishini ta’kidladi.
“Sizlarni ishontirib aytamanki, Rossiya avvalgidek Serbiyani eng yaqin hamkor, eng yaqin qarindosh deb biladi”, — deb qo‘shimcha qildi Putin. Shuningdek, u ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanishi hamda ularning ikkala xalq manfaatlariga mos kelishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini ma’lum qildi.
Izoh (0)