2014-yil 17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Taraqqiyot dasturi boshqaruvchisi Helen Klarkni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va BMT hamkorligini yanada chuqurlashtirishning hozirgi holati va ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, Orol dengizi mintaqasida ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda BMT va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner ishtirok etdi.
Izoh (0)