O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi rahbari Zohid Dusanov Bokuda Ozarbayjon Davlat bojxona qo‘mitasi boshlig‘i Aydin Aliyev bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Aydin Aliyev ikkala mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi amaldagi savdo salohiyatini o‘zida aks ettirmaganini va uni kengaytirissh uchun ulkan imkoniyatlar mavjudligini ta’kidaldi. Zohid Dusanov ham O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida bojxona sohasidagi hamkorlikni kengaytirish lozimligini aytib o‘tdi. Ozarbayjon vakili o‘z mamlakati Toshkent kinologiya xizmatiga, bojxona ta’limi, ma’lumot almashish va deklaratsiyalar to‘ldirish sohasida hamkorlik qilishga qiziqish bildirishini ma’lum qildi.
Muzokaralar yakunida ikki hujjat imzolandi: Ozarbayjon va O‘zbekiston bojxona xizmatlari tomonidan davlat chegarasi orqali tovarlar va transport vositalari o‘tishi haqidagi ma‘lumotlar almashinuvini tashkillashtirish to‘g‘risidagi bayonnoma hamda ikkala mamlakat bojxona xizmatlari o‘rtasidagi 2015—2016-yillar uchun harakatlar rejasi.
Izoh (0)