Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte Rossiya prezidenti Vladimir Putinni 17-iyul kuni Ukrainaning Donetsk viloyatiga qulagan “Boing-777” samolyoti halokatining taftish ishlarida hamkorlik qilishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Niderlandiyaning NATOdagi doimiy vakilasi Marianne de Kvaasteniyetning Twitter orqali ma’lum qilishicha, mamlakat bosh vazirining bu safargi so‘rovi qolgan odamlarning jasadlari va buyumlarini tekshirishdagi yordam bilan bog‘liq.Eslatib o‘tamiz, Malaysia Airlines’ning Amsterdamdan havoga ko‘tarilgan “Boing-777” samolyoti Ukraina sharqiga qulab tushgan edi. Natijada bortdan joy olgan 298 kishining barchasi halok bo‘lgan. Dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, samolyot tashqi kuch ta’sirida qulagani ma’lum bo‘lgan.
Izoh (0)