Myanma davlatida davom etayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining chorak final doirasida ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Ularning birida mezbonlar — Myanma termasi BAA futbolchilarini 1:0 hisobida yengishga muvaffaq bo‘ldi.
Ikkinchi o‘yinda esa Yaponiya hamda KXDR termalari o‘zaro kurash olib bordi. O‘yinning asosiy daqiqalarida 1:1 hisobi qayd etildi. Belgilangan qo‘shimcha bo‘limlarda ham hisob o‘zgarmadi.
Penaltilar seriyasida Shimoliy koreyaliklar 4:5 hisobida zafar quchdi.
Shunday qilib, yarim finalga Myanma va KXDR termalari yo‘l oldi. Ular kelasi yili Jahon chempionatida ishtirok etadi.
Izoh (0)