Nepalning Himolay tog‘larida qor ko‘chishi oqibatida halok bo‘lgan turistlar soni 46 nafarga yetdi. Bu haqda Nepal trekking agentliklari uyushmasi axborotiga asoslanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Qutqaruvchilar Kangla dovoni va Pxu vodiysidan yana 10 kishining jasadini topib, Manang okrugi markazi Chame shahriga olib kelgan. Avvalroq, 36 kishi halok bo‘lgani xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Hindiston sharqiy sohillariga Xudxud to‘fonining yopirilishi Himolay tog‘larida kuchli qor ko‘chishini keltirib chiqargan edi.
Izoh (0)